Nazir Safarov

Yozuvchi, Dramaturg
Nazir Safarov
Tavallud sanasi:
1905 yil
Vafot sanasi:
1985 yi

O‘zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarovga 1955 yilda dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan, 1968 yilda esa Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati bo‘lgan.

Tarjimai hol

O‘zbek adabiyotida publitsist, ocherknavis va dramaturg sifatida tanilgan Nazir Safarov 1905 yili Jizzax shahrida, temirchi oilasida tug‘ildi.

U yangi maktablarda o‘qidi, birinchi ziyolilar qatori uzoq qishloqlarga borib dars berdi. Jizzaxda tashkil qilingan «Sanoyi nafisa» to‘garagidagi ishtiroki bo‘lg‘usi dramaturg taqdirini bir umrga belgilab berdi.

U 1975 yilda 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga muyassar bo‘lgan.

Nazir Safarov 1985 yilda 80 yoshida vafot etgan.

Nazir Safarov o‘zbek dramaturgiyasining shakllanishida ma’lum iz qoldirgan «Tarix tilga kirdi» (1931), «Uyg‘onish» (1939), «Sharq tongi» (1954) kabi sahna asarlarini yaratdi.

Faoliyati

Urush davrida Nazir Safarov harbiy jurnalist sifatida frontning oldingi jabhalarida bo‘lib, jangchilarning qahramonligi haqida hikoya qiluvchi «O‘q o‘tmas botir», «Vodillik qahramon», «Komissar Qoraboyev», «Sevgi», «So‘nggi nafasgacha», «O‘zbek farzandlari», «Qahramonning tug‘ilishi» kabi qator ocherklar yozdi.

Uning urushdan keyingi davrda hayotdagi yangiliklar, yaxshi tashabbuslar targ‘ibotchisi sifatida yaratgan asarlari alohida diqqatga sazovor. «Uzoqni ko‘zlagan ayol» qissasi shular jumlasidandir. Yozuvchining 1954-1957 yillarda yaratgan zamonaviy mavzudagi katta asarlari «Hayot maktabi», «Elmurod» (M.Xudoyqulov bilan hamkorlikda) pesalaridir. Dramaturg so‘nggi yillarda yaratgan «Kimga to‘y, kimga aza» pesasida ishchilar sinfining yangilik uchun olib borgan kurashi asosiy mavzu qilib olingan.

Dramaturgiya sohasidagi katta xizmatlari uchun Nazir Safarovga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi» unvoni berilgan (1955 yil).

Adib Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 30 yilligiga bag‘ishlab, o‘zbek jangchilarining qahramonliklaridan hikoya qiluvchi «Lukash botir» (Y.Xudoyqulov bilan hamkorlikda) dramasini yaratgan.

Nazir Safarov bir qancha hikoyalar ham yozgan. «Oltinoy», «Olma olmadan uzoqqa tushmaydi», «Ahmadali o‘z baxtini qanday topdi» hikoyalari g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxtaligi bilan ajraladi. Uning «Bir tomchi qon» (1967), «Ko‘rgan-kechirganlarim» (1968) nomli qissalari, «Navro‘z» (1973) romani 60-yillar adabiyotida sezilarli voqea bo‘lgan. «Ko‘rgan-kechirganlarim» asari uchun muallifga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1968).

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/safarov_nazir
Sayt foyda berdi!
87683 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi